Новости UZ

Plast & Mould Central Asia — bu qanday ko‘rgazma?

Plast & Mould Central Asia 2027 — plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uchun uskunalar, texnologiyalar, xomashyo va yechimlarga bag‘ishlangan xalqaro ixtisoslashtirilgan B2B ko‘rgazma.

Ko‘rgazma uskuna ishlab chiqaruvchilari, xomashyo va materiallar yetkazib beruvchilari, texnologiya ishlab chiquvchilari, distribyutorlar, plastmassani qayta ishlash korxonalari hamda O‘zbekiston, Markaziy Osiyo va boshqa hududlardan soha mutaxassislarini birlashtiradi.

Ko‘rgazmaning asosiy yo‘nalishlari:

plastmassa ishlab chiqarish va qayta ishlash uskunalari;

polimer xomashyosi, qo‘shimchalar va kompaundlar;

press-qoliplar, asbob-uskunalar va butlovchi qismlar;

ekstruziya va bosim ostida quyish texnologiyalari;

ishlab chiqarish jarayonlarini avtomatlashtirish;

chiqindilarni qayta ishlash uskunalari va yechimlari;

sifat nazorati va yordamchi texnologiyalar.

Plast & Mould Central Asia zamonaviy texnologiyalar bilan tanishish, yangi hamkorlar va yetkazib beruvchilarni topish, shuningdek, Markaziy Osiyoning rivojlanayotgan bozorida biznes imkoniyatlarini o‘rganish uchun professional platformaga aylanadi.

O‘tkazilish joyi: CAEx, Toshkent, O‘zbekiston

O‘tkazilish yili: 2027

Batafsil ma’lumot: plastmouldca.uz