Bugungi kunda O‘zbekiston — mintaqadagi polimer va qayta ishlash sanoatining eng tez rivojlanayotgan bozorlaridan biridir. Mamlakatda qadoqlash, maishiy mahsulotlar, qurilish materiallari, avtokomponentlar va plastmassa buyumlari ishlab chiqarish quvvatlari faol kengaymoqda, bu esa zamonaviy uskunalar, press-formalar va xomashyoga bo‘lgan talabning o‘sishiga olib kelmoqda.
Sanoat rivojini bir nechta asosiy omillar qo‘llab-quvvatlamoqda:
Birinchidan, ichki talabning o‘sishi: oziq-ovqat, farmatsevtika, maishiy kimyo va qurilish materiallari ishlab chiqarish yildan-yilga kengayib bormoqda. Bu esa plastik buyumlar, plyonkalar, PET-qadoqlar, texnik plastiklar va mahalliy qayta ishlovchilarga bo‘lgan ehtiyojni oshirmoqda.
Ikkinchidan, davlat siyosati mahalliylashtirish va import o‘rnini bosishga alohida urg‘u bermoqda. Korxonalar uchun mahsulot va butlovchi qismlarni mamlakat ichida ishlab chiqarish foydali bo‘lmoqda, natijada press-formalar, muhandislik yechimlari, servis xizmati, xomashyo va texnologik uskunalarga talab ortmoqda.
Uchinchidan, bozorda zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlariga ehtiyoj hamon yuqori. O‘zbekistonga ekstruziya, bosim ostida quyish (termo-iniksiya), qayta ishlash, granulalash va qadoqlash uchun yangi uskunalar zarur — bu esa xalqaro ishlab chiqaruvchilar uchun real imkoniyatlar yaratadi.
To‘rtinchidan, qulay logistika va ochiq ishbilarmonlik muhiti mamlakatni Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Afg‘oniston bozorlariga kirish nuqtasiga aylantirmoqda. Ushbu mintaqalarda ham uskuna va materiallarga talab ortib bormoqda.
Aynan shuning uchun Plast Central Asia va Mould Central Asia 2026 ko‘rgazmalarida ishtirok etish — shunchaki ko‘rgazmada qatnashish emas, balki faol modernizatsiya qilinayotgan hamda texnologiyalar va hamkorlikka real ehtiyoj sezayotgan bozorga kirish imkoniyatidir.
📅 16–18-mart, 2026-yil
📍 Toshkent, O‘zekspomarkaz